One Way tashkiloti rahbari Brayan Gallaher aktyorga xayriya uchun minnatdorchilik izhor qildi.
«Biz Leonardo Di Kaprio va uning jamg‘armasidan juda minnatdormiz. «Harvi» dovuli tufayli yetkazilgan zarar bizdan eng yaxshisini talab qilmoqda», - dedi u.
Avvalroq Amerika Milliy basketbol assotsiatsiyasi klubi «Hyuston Rokets» «Harvi» dovulidan jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish jamg‘armasiga 4 mln dollar mablag‘ni o‘tkazib bergani xabar qilingandi.











