Festival joriy sovrinlar mavsumining o‘ziga xos «parvoz maydonchasi» hisoblanadi. Aynan Venetsiyada keyinchalik «Oskar» mukofotini qo‘lga kiritgan «Gravitatsiya», «E'tibor markazida» va «La-La Lend» filmlari taqdim etilgan.
Yangi ko‘rik Aleksandr Peynning «Qisqasi» satirik kartinasi bilan ochiladi. Shuningdek, dasturga Darren Aronofski, Gilermo Del Toro, Stiven Frirza, Ay Veyvey, Jorj Klunining filmlari ham kiritilgan.
Yevropada so‘nggi vaqtlarda ro‘y bergan teraktlar tufayli festivalda xavfsizlik choralari kuchaytirildi.











