O‘zbekiston hukumati rahbarining ta'kidlashicha, O‘zbekistonda Sapar Isoqovni ikki davlat o‘rtasidagi do‘stona va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini har tomonlama rivojlantirish hamda chuqurlashtirishning faol tarafdori sifatida bilishadi.
Abdulla Aripovning ishonch bildirishicha, Sapar Isoqovning Qirg‘iziston bosh vaziri lavozimidagi faoliyati O‘zbekiston-Qirg‘iziston munosabatlarini o‘zaro hurmat va ikki mamlakat xalqlarining farovonligi uchun o‘zaro manfaatlarni hisobga olgan holda yanada kuchaytirishga turtki beradi.











