Manbalardan birining so‘zlariga ko‘ra, asli kelib chiqish rossiyalik bo‘lgan amerikalik tadbirkor Feliks Seter Trampga Moskvaga kelish hamda loyihani muhokama qilishni taklif qilgan.

Ta'kidlanishicha, qurilish kompaniya tegishli ruxsatnomalarni ololmagani tufayli boshlanmagan.

Oq uy vakillari va Trampning huquqshunoslari izoh berishdan bosh tortishgan.

Avvalroq The Washington Post nashri Trampning maslahatchisi 2016 yilda Putin bilan uchrashuvni tashkil etish taklifi bilan chiqqani haqida yozgandi.