«Suriya armiyasi IShIDning Homs viloyatidagi eng so‘nggi tayanch nuqtalaridan biri bo‘lgan As-Suxna shahrini to‘la ozod qildi. Hozirda shahar portlovchi qurilma va minalarga tekshirilmoqda, ularni IShID jangarilari o‘rnatib ketgan», - deya vaziyat bilan tanish manbaning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti.
Ta'kidlanishicha, hujumdan bir necha kun avval shahar Suriya armiyasi tomonidan o‘rab olingan.
Avvalroq Suriya armiyasi Iordaniya bilan chegaraning bir qismini o‘ziga qaytargani xabar qilingandi.











