O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2017 — 2019 yillarda Samarqand shahri va Samarqand viloyatining turizm salohiyatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorida foydalanilmayotgan moddiy madaniy meros obektlarini ularda savdo, mehmonxona, ko‘ngilochar va turizm sohasining boshqa obektlarini barpo qilish uchun investorlarga berish ishlarini faollashtirish ko‘zda tutilgan.
Obektlar Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 8 apreldagi 102-sonli «Davlat mulkini ijaraga berish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qaroriga muvofiq ijaraga beriladi.
Batafsil ma'lumot olish uchun Davlat raqobat qo‘mitasi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi huzuridagi Ijara markaziga murojaat qilishingiz so‘raladi.











