Xabar qilinishicha, ushbu holat shtat shimolidagi Uoker okrugida joylashgan axloq tuzatish koloniyasida yuz bergan. Qamoqxona ma'muriyati mahbuslarning qanday qilib ozodlikka chiqib ketganiga doir tafsilotlarni ma'lum qilmagan. 

Qochoqlarning 6 nafari ushlangan. Yana olti jinoyatchi qidirilmoqda. Ularning ikki nafari qotillikka urinishda ayblangan xavfli jinoyatchilar ekani ta'kidlanmoqda. 

Qamoqdan qochganlar 19-30 yosh oralig‘idagi kishilardir. Politsiya jinoyatchilarning suratlari va ism-shariflarini e'lon qilgan.