Bu haqda TMZ marhumning oilasiga yaqin bo‘lgan manbalarga asosan xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, aktyor mehmonxonada jonsiz holda topilgan. O‘limga nima sabab bo‘lgani ochiqlanmagan.
Kichik Xyord “Uyda yolg‘iz” (1990) va “Uyda yolg‘iz 2: Nyu-Yorkda adashib qolgan” komediyalaridagi oila boshlig‘i roli orqali mashhur edi.
Shuningdek, u “Uyg‘onish” (1992), “O‘t chizig‘ida” (1993), “Pelikanlar haqidagi ish” filmilarida rol ijro etgan.











