O‘zA xabariga ko‘ra, prezidentga Parkent shahrining bosh rejasi haqida so‘zlab berilgan.
Bundan tashqari, Parkentning ekologik toza hududlarida dam olish va sog‘lomlashtirish maskanlarini joylashtirish bo‘yicha takliflar berildi. Qurilayotgan dam olish zonalari energiyatejamkor binolardan iborat bo‘ladi.
Prezident Parkentning eng so‘lim joyida yozuvchi va shoirlar uchun 50ta uy qurib berish kerakligini ta'kidlagan.
«Parkentning eng so‘lim joyida yozuvchi va shoirlar uchun 50 ta uy qurib berish kerak, dedi. Ular ijod qilishi uchun sharoit yaratish zarur», degan prezident.
Yozuvchilar oldiga esa yangi asarlar yozish, yetuk shogirdlar yetishtirish kabi vazifalar qo‘yilgan.










