Voqea Fransiyadagi Kurshevel tog‘-chang‘i kurorti hududida ro‘y bergan. Velosipedchi-frirayder Mikael Bimboning oldida sug‘ur paydo bo‘lganida u pastga tomon harakatlanayotgan edi. 

Jonivor shu qadar tez yugurganki, Bimbo qanchalik tez harakatlanmasin, uni quvib yeta olmagan. Oxir-oqibat sug‘ur velosipedchining g‘olib bo‘lishiga yo‘l bermagan holda  boshqa yo‘lga burilib ketgan.