«Markaziy saylov komissiyasi texnik xizmati mutaxassislari hodisani payqashgach, hujumga o‘z vaqtida chora ko‘rishdi. Buzib kirishga urinish harakatini to‘sib qo‘yish bo‘yicha barcha choralar ko‘rildi», - deyiladi xabarda.
Ta'kidanishicha, ayni damda Qozog‘iston Markaziy saylov komissiyasi sayti xavfsiz holdadir.
«Ma'lum bo‘lishicha, jinoyatchilarning IP-manzili Yevropa davlatlaridan birida ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Ma'lumot tegishli davlat idoralariga topshirildi», - deya qo‘shimcha qilib o‘tishdi muassasada.











