"Respublikachi va demokratlarning til topishishi - bu bo‘lishi kerak bo‘lgan, biroq noaniq hodisa. Men buning to‘liq tarafdoriman, ammo shunday bo‘lishiga ko‘zim yetmaydi", - deydi davlat rahbari. 

Tramp partiyalar o‘rtasidagi "yovlik darajasi" juda yuqori ekanini qayd etdi, ayniqsa Obamacare dasturining o‘rniga kelishi kerak bo‘lgan yangi tibbiy sug‘urtalash tizimi loyihasini muvofiqlashtirish borasida. 

"Respublikachilar va demokratlar qo‘lni qo‘lga berib, barchaga baxt keltiruvchi ishlarni amalga oshirishsa, nur ustiga a'lo nur bo‘lardi. Bu axir qiyin emas-ku", - deydi prezident.