Suratni chop etgan foydalanuvchi unga hazilomuz izoh qoldirgan: "Moskvada Vladimir Putinning qiyofadoshi aniqlandi, uni 2024 yildan keyin kiritib, monarx deb e'lon qilishmoqchi".
Ushbu post chop etilgandan keyin jadal tarqala boshlagan va qolgan foydalanuvchilar ham unga o‘z fikrlarini bildirishgan. Ba'zilar Putin qiyofadoshining o‘ng tomonida "bo‘lg‘usi Peskov" o‘tirganini aytishgan.

"Haqiqatan ham uni klonlashtiruvchi laboratoriya bormi?! Bunisi qayerdan qochib ketdiykin?", deb izoh qoldirgan bir foydalanuvchi.
Yana bir foydalanuvchi yigitning g‘amgin qiyofadaligiga e'tibor qaratib, "Hali xokimiyatga kelmasdan charchagan ko‘rinadi", deb kinoya qilgan.
Bir necha yil avval OAVda Putinning bir necha qiyofadoshi borligi haqidagi xabarlar urchigandi.











