Hayvonot bog‘i xodimalaridan biri tomondan tasvirga olingan gorillaning cho‘milishi videosi YouTube’da 3 kun ichida yarim milliondan ko‘proq namoyish yig‘di.

Videoda gorilla sevimli hovuzchasida cho‘milayotganidan shodlanib, o‘z atrofida aylanib, raqsga tushayotganini ko‘rish mumkin. Gorillaning shodon raqs tushishini ko‘rib tabassum qilmaslikning iloji yo‘q.