Gap natsistlar bilan bog‘liq bo‘lgan taxminan 75 ta buyum haqida bormoqda. Argentina hukumati taxminicha, ular Uchinchi reyxning yuqori lavozimli amaldorlariga tegishli bo‘lgan. Topilgan narsalar orasida – fyurer Adolf Hitlerning byusti bor.
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, topilgan buyumlar asldir. Bu haqda Argentina xavfsizlik vaziri Patrisiya Bullrich ta'kidlab o‘tdi.
Ikkinchi jahon urushidan so‘ng Uchinchi reyxning ko‘zga ko‘ringan vakillari Lotin Amerikasi qirg‘oqlariga yetib borib, jinoiy ta'qibdan qochishga muvaffaq bo‘lishdi. Xususan, gap qirg‘in (xolokost) mafkurasi rahnamosi Adolf Eyxman, shtandartenfyurer Valter Rauff, Osventsimda mahbuslar ustidan tajribalar o‘tkazgan doktor Yozef Mengel haqida bormoqda.











