Yangi tashkil etilayotgan “O’zbekiston 24” teleradiokanali qachon efirga chiqishi ma'lum emas. Barchasi tayyor bo‘lishiga qarab amalga oshiriladi. Bunda, “O’zbekiston 24” TRK direktori birinchi o‘rinbosari Rahim Mahkamovga ko‘ra, hozirda, uning radiokanali va veb-sahifasi ishga tushishga yaqin turibdi. 

“O’zbekiston 24” TRK direktori birinchi o‘rinbosari Rahim Mahkamov

Uning aniqlik kiritishicha, ayrim internet nashrlarda paydo bo‘lgan, yangi teleradiokanalning 2017 yil 27 iyun kuni efirga uzatilishi boshlanishi haqidagi xabarlar asossizdir. Dasturlar va eshittirishlar teleradiokanalning texnik jihozlanishi va uni tashkil etish bo‘yicha ishlar yakuniga yetishi bilan efirga beriladi. 

Shu bilan birga, Mahkamovning aytishicha, O‘zbekiston Oliy Majlisi palatalari, hukumat va boshqa muhim tadbirlar, turli voqea-hodisalar joylaridan jonli efirga uzatish imkoniyatlari ham muhokama qilinmoqda.