BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish raisligidagi forumda Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston tashqi ishlar vazirliklari rahbarlari BMTning Global aksilterror strategiyasini Markaziy Osiyoda amalga oshirish masalalari va boshqa dolzarb mavzular yuzasidan fikr almashishadi.
Ta'kidlash joizki, BMTning aksilterror strategiyasi tashkilot a'zolari tomonidan 2006 yilning 8 sentabrida qabul qilingan edi. U terrorizmga qarshi kurashda milliy, mintaqaviy va xalqaro kuchlarni mustahkamlashga yo‘naltirilgan hujjat hisoblanadi.










