Korsika — Sardiniya (451 km); 
Estoniya — Finlandiya (90 km); 
Germaniya (1991 km); 
Polsha (415 km); 
Ispaniya — Marokash (629 km); 
Niderlandiya (428 km); 
Buyuk Britaniya: shimoldan janubga (666 km); 
Buyuk Britaniya: shimoliy shaharlar orasida (545 km); 
Buyuk Britaniya: Shotlandiya — Uels (1060 km). 

Ta'kidlanishicha, Estoniya va Finlandiya, Ispaniya va Marokash o‘rtasidagi yo‘nalishlarning bir qismi suv ostidan o‘tishi ham qayd etilgan. 

Bunda Hyperloop One maxsus tunnellarni barpo etishi kerak bo‘ladi. Biroq, ekspertlar kompaniya bu borada qator muammolarga duch kelishi mumkinligini aytmoqda. 

Ularning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya rahbariyati ayni vaqtda yer usti Hyperloop tarmog‘i haqida bosh qotirsa maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Shundan keyingina, yer osti tunnellarini o‘ylash vaqti kelishi mumkin. Bu vaqtda Ilon Mask ham ancha tajriba orttirgan bo‘ladi.