"Sherif ofisi xodimlari voqea joyida ishlamoqda, vaziyat nazoratga olindi. Ko‘plab qurbonlar bor. Sherif imkon tug‘ildi deguncha qo‘shimcha ma'lumot taqdim etadi", - deyiladi politsiyaning Twitter’dagi xabarida.

CNN ma'lumotlariga ko‘ra, otishma shahar chetidagi sanoat zonalaridan birida yuz bergan. Bir necha ko‘cha yopilgani aytilmoqda.

Politsiya ortiqcha vahimaga berilmaslik va ofisning Twitter’dagi rasmiy sahifasida berilgan xabarlarga ishonishni tavsiya qildi.