2000-yillar boshida suv darajasi asta-sekinlik bilan tusha boshladi, hamda uning ostidan binolar, yarim vayron holda bo‘lgan qabristonlar, yer bilan yakson bo‘lgan yo‘l ustunlari va daraxtlar ko‘rina boshladi.
2009 yilda Vilya-Epekuenga bu yerda yashagan Pablo Novak qaytib keldi, u hozirda qishloqning yagona fuqarosidir. 2013 yilda esa unga bag‘ishlangan “Pabol qishlog‘i” qisqa metrajli filmi Sidneydagi kinofestivalda taqdim etildi.
Vilya-Epekuen velobaykerlar, professional fotosuratchilar va qishloq xarobalarini suratga oluvchi oddiy sayyohlar orasida juda mashhur.



























