U Demokratik partiya mag‘lubiyatini shu bahona bilan oqlashga urinishini «mujmallik» deb atagan.
«Rossiyalik amaldorlar demokratlarning mag‘lubiyatini bu tarzda oqlayotganini eshitib kulishadi», — deya yozgan u o‘z tvitterida.
Russian officials must be laughing at the U.S. & how a lame excuse for why the Dems lost the election has taken over the Fake News.
— Donald J. Trump (@realDonaldTrump) May 30, 2017
Bundan oldinroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida Rossiya hech qaysi davlatdagi saylovlarga aralashmagani haqida aytgani xabar qilingandi.











