Nashr manbasining ma'lumotlariga ko‘ra, Kuk Apple Watch uchun glyukometr prototipi bilan Apple kampusida yuradi. Manba yangi qurilmaning qo‘rsatkichlarini oshkor qilmagan.

Nashrning ta'kidlashicha, Apple kompaniyasida diabetiklar uchun juda muhim qurilma – qondagi qand miqdorini doimiy kuzatuvchi treker ustida ishlaydigan alohida xodimlar jamoasi mavjud. Ushbu treker shunisi bilan ajralib turadiki, uning ishlashi uchun foydalanuvchining teri ostiga kirish talab qilinmaydi (zamonaviy glyukometrlar esa teri ostiga kirish bilan ishlaydi). Ma'lum qilinishicha, korporatsiya prototiplarning tibbiy tadqiqotini o‘tkazmoqda. 

2017 yilda Kuk Glazgo universiteti talabalari oldida so‘zlagan nutqida qondagi qand miqdorini o‘lchash muhimligi va kuniga bir necha marotaba qon miqdorini o‘lchashga to‘g‘ri keladigan qand kasaliga uchragan bemorlar muammolari haqida so‘zlagan. O‘shanda Kuk bir necha hafta davomida glyukometrdan foydalangani va natijada qondagi qand miqdorini muvozanatlash uchun o‘z ovqatlanish tartibini o‘zgartirganini ma'lum qilgan.