Jinoyatchilar muzeyning asosiy eksponati – Deva Mariya tojini (tiara) o‘g‘irlashgan. Ushbu zeb-ziynat 1 ming 791 ta qimmatbaho tosh bilan bezalgan. Shuningdek, boshqa qimmatbaho buyumlar ham yo‘qolgan. 

Mahalliy politsiyaning ma'lum qilishicha, o‘g‘rilar muzeyga 13 may kuni soat 03:30 larda kirishgan. Tergovchilarning fikricha, o‘g‘rilar yaxshi tayyorlangan va jihozlangan bo‘lgan. Ular puxta o‘ylangan reja asosida harakat qilishgan. 

Hozir muzey vaqtinchalik yopib qo‘yildi, deb xabar bermoqda France 3 telekanali.