Jamoaning asosiy hujumchisi Gonsalo Higuain har ikki bo‘limda bittadan gol urib, g‘alabani ta'minladi. 

Ushbu g‘alabadan keyin «Yuventus» o‘z ochkolari sonini 77taga yetkazib oldi va jamoa eng yaqin ta'qibchisi «Roma»ni 9 ochkolik farq bilan ortda qoldira boshladi.

Endi turinliklar 11 aprel kuni o‘z maydonida «Barselona»ga qarshi Chempionlar ligasining chorak finali doirasidagi uchrashuvni o‘tkazadi. «Kevo» esa 38 ochkosi bilan 11-o‘rinda qoldi.

Yuventus – Kevo 2:0 (1:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 23 Higuain, 2:0 – 84 Higuain. 
Yuventus – Buffon, Bardzali, Aleks Sandro, Lixtshtayner (Dani Alves, 85), Rugani, Xedira, Markizio, Sturaro (Bonuchchi, 72), Kuadrado (Lemina, 66), Dibala, Higuain.
Kevo – Sekulin, Spolli, Gobbi (Isko, 46), Kachchatore, Tsesar, Birsa, Radovanovich, Xetemay (de Guzman, 75), Kastro, Medjorini (Ingleze, 67), Pellisse.
Ogohlantirishlar: Kachchatore (18), Spolli (55), Bonuchchi (79).