Maxsus maktabda tashkil etilgan tadbirda imom-xatib Jaloliddin Hamroqulov so‘zga chiqib, ilm va uning fazilatlari haqida gapirib, yurtimiz azal-azaldan dunyoga ustoz bo‘lgan ulamolari bilan mashhur bo‘lgani, yoshlarimiz ham ulug‘ ajdodlariga munosib voris bo‘lishga harakat qilishi lozimligini uqtirdi.
Tadbir yakunida o‘quvchilarga masjid ma'muriyati va homiylar tomonidan o‘quv qurollari, sinf xonalariga yozuv doskalari taqdim etildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Toshkent shahar vakilligi.

















