Adidas ishlatayotgan texnologiya Continuous Liquid Interface Production (CLIP) deb nomlanib, u Carbon kompaniyasi mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan. Ular esa «Terminator» filmidan ilhom olishgani aytildi.

Texnologiyaning o‘ziga xos jihati shundan iboratki, suyuq polimer ultrabinafsha nuri yordamida qayd qilinadi. Bu usul an'anaviy 3D-bosmadan tezroq, yakuniy mahsulot esa ancha mustahkamroq bo‘ladi, deb yozamoqda The Verge.

Adidas vakillarining YouTube’da taqdim etilgan videoda aytishlaricha, oyoq kiyimini yaratishda 3D-bosmadan foydalanishning yaxshi tomoni – bu individual yondashuvdir.

Hozircha Futurecraft 4D juda qimmat narxda sotilishi mo‘ljallanmoqda. Uning aniq qiymati noma'lum. Yangi 5 000 ta bunday krossovkalar joriy yildayoq sotuvga chiqariladi. 2018 yilga kelib 100 mingta shunday oyoq kiyimi ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan.