Manbada ta'kidlanishicha, mahalliy qonunchilikka kiritiladigan tuzatishlar shtatga yirik qoramol himoyasi bo‘yicha qat'iy qonun amal qiluvchi shtat mavqeini beradi, shu bilan birga katta jarimalar va transport vositasining umrbod musodara qilinishini ko‘zda tutadi. 

2011 yilda, Hindistonning hozirgi bosh vaziri Narendra Modi shtatning bosh vaziri lavozimini egallagan paytda qonunbuzarlarga 7 yilgacha qamoq jazosi belgilanib, 50 ming rupiygacha jarima solinar edi. Shuningdek politsiya jonivorlar tashib ketilayotgan avtomobillarni yarim yilga musodara qilish huquqiga ega bo‘lgan. 

Hindiston konstitutsiyasi shtatlarga "sigir va buzoqlarni o‘ldirish"ni taqiqlashga doir choralar ko‘rish huquqini beradi. Biroq shtatlarda jonivorlar huquqi himoyasi bir-biridan farq qiladi.