Ilon yo‘qolib qolgan 25 yoshli Akbar Salubironing uyi hovlisida aniqlangan. Marhumning tanishlari uning jasadini ilon ichidan chiqarib olish uchun ilonning qornini yorishgan. Guvohlarning aytishicha, ular bir kun avval qurbonning uyi yaqinida qandaydir hayqiriq ovozlarini eshitishgan. Ko‘rinishicha, ilon yigitni bo‘g‘ib, keyin uni yutib yuborgan, deb yozmoqda Daily Mail nashri.

Ta'kidlanishicha, Indoneziyada bo‘g‘ma ilonlar boshpanasiz yoki mast holda ko‘chada uyquga ketgan odamlarni yutib yuboradigan holatlar uchrab turadi.