"Prezident ma'muriyati ishiga jalb qilingan prezidentning katta yoshli farzandi bu yangi imkoniyatdir", deb aytgan Gorelik.
Ta'kidlanishicha, Ivanka biror-bir davlat xizmatchisi rasmiy lavozimini egallamaydi va maosh olmaydi.
Gorelikning aytishicha, u otasining "ko‘z va quloqlariga" aylanadi va unga turli sohalar bo‘yicha maslahatlar beradi.
Ma'lum qilinishicha, Ivanka otasi bilan birga Trump Organization kompaniyasida va "Nomzod" shousida sherigi sifatida uzoq vaqt birga ishlagan.











