Suhbat davomida O‘zbekison-Rossiya kun tartibining joriy masalalari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasiga bo‘lajak davlat tashrifiga tayyorgarlik ko‘rish jarayoni muhokama qilindi.

Muloqot chog‘ida tashrif yakunlariga ko‘ra imzolanishi rejalashtirilgan ikki tomonlama hujjatlar loyihalari bo‘yicha olib borilayotgan qo‘shma ishlarga alohida e'tibor qaratildi.

Tashqi ishlar vazirliklari rahbarlari tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar yuzasida ham fikr almashdilar.