•  Yoshlar sog‘liqni saqlash konferensiyasi
•  Yoshlar muhandislik va IT konferensiyasi
•  Yoshlar xotin-qizlar konferensiyasi
•  Yoshlar iqtisodiyot va biznes konferensiyasi
•  Yoshlar media va chet tillar konferensiyasi 

Sammitning asosiy maqsadi ijtimoiy faol yoshlar uchun fikr va tajriba almashish maydonchasini yaratib, jamiyat rivojiga xizmat qiladigan yoshlar tashabbuslarini aniqlash, rag‘batlantirish va ularni qo‘llab-quvvatlashdan iborat.
Yuqorida keltirilgan ichki konferensiyalardan tashqari, sammit doirasida matbuot konferensiyasi, Sumalak kechasi va tantanali yopilish marosimi konsert dasturi ham o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Ma'lumot o‘rnida aytish joizki, 2016 yilda ilk marotaba o‘tkazilgan yoshlar sammiti samarasi o‘laroq yosh faollar tomonidan YLDP (Yosh yetakchilarni qo‘llab-quvvatlash loyihasi) ko‘magida yil davomida “YLDP Summer School” (yosh yetakchilar yozgi maktabi), “Plov4Love” (osh festivali), “Back2Reality” (oilaviy sport estafetalari) va boshqa shu kabi loyihalar ishlab chiqilib, hayotga tatbiq etilgani e'tirofga sazovor.
Xalqaro yoshlar sammitiga oid eng so‘nggi xabarlarni Facebook, Instagram sahifalari  va #IYS2017 xeshtegi orqali kuzatib borishingiz mumkin.