«Sakkiz yil davomida Rossiya prezident Obamaga «bosim o‘tkazib keldi», yanada kuchli bo‘lib, Qrimni tortib oldi. Lapashang!» — deya yozgan u.

Bundan oldinroq Tramp 2012 yili Obama Rossiyaning sobiq prezidenti Dmitriy Medvedevga saylovlardan keyin Rossiya bilan munosabatlarda «yumshoqroq» bo‘lishi haqida aytganini eslab o‘tgandi.

Amerikaliklarning yangi prezidenti Obamani saylovoldi jarayonlari vaqtida uning telefon qo‘ng‘iroqlarini maxfiy ravishda tinglaganlikda ayblagandi.

OAV: Donald Tramp Rossiya bilan munosabatlarda «to‘nini teskari kiyib oldi»