Mashina cheklangan miqdorda, ya'ni 99 ta nusxada chiqariladi. Avtomobil kapoti ostidan V12 va 6.0  litr hajmli benzin dvigatel joy olgan. U 630 ot kuchigacha erisha oladi. Yo‘ltanlamas landolet turidagi kuzovga ega. Bunday kuzovda orqa yo‘lovchilar o‘rindiqlari ustida ochiladigan tom bo‘ladi. 

Foto:  Daimler AG

Mashina salonida elektroprivodli, isitish tizimi, ventilyatsiya va massajyorga ega o‘rindiqlar joylashtirilgan, old yo‘lovchi o‘rindig‘i esa oyoq qo‘yish uchun taglik bilan jihozlangan. Salonda shuningdek ikkita 10 dyuymli displey, klimat-kontrol, isitish va sovitish funksiyalariga ega bo‘lgan stakan qo‘ygichlar o‘rnatilgan.