Shunday qilib, Illinoys ma'muriyati 2017 yil oktabr oyini manqurtlar oyi deb e'lon qildi. Bir oy mobaynida fuqarolar tirik «o‘lik»larning yurishidan himoyalanishga o‘rgatiladi. 

Aslida, bu ijtimoiy dastur bo‘lib, uning doirasida aholi haqiqiy tabiiy ofatlar ro‘y berganda o‘zlarini tutishga ko‘nikma hosil qilishlari kerak. Qonun chiqaruvchilarning fikricha, aholi manqurtlar yurishiga tayyor bo‘lsa, boshqa ofatlarga aniq qarshi tura oladi. 

Mualliflarning so‘zlariga ko‘ra, fuqarolarning aksariyati favqulodda vaziyatlarda qanday yo‘l tutish kerakligini bilishmaydi, ular zaxira rejasi, oziq-ovqatlar zaxirasi va zarur anjomlarga ega emas. 

Aytish joizki, AQSh ijtimoiy xizmatlari favqulodda holatlarni qanday tirik qolish muammosiga fuqarolar e'tiborini qaratish uchun manqurtlar mavzusiga avval ham qo‘l urgan. 2011 yili xavfsizlik va sog‘liqni saqlash masalalariga mas'ul ma'muriyat o‘z saytida manqurtlar hujumi ro‘y berganda nimalar qilish kerakligi xususida maslahatlar joylashtirgan edi.