«Neapoldagi qo‘mondonlik markazi Liviya va Iroqdagi favqulodda holatlarga tezkorlik bilan reaksiya bildirish imkonini beradi», —degan Stoltenberg.

Bundan tashqari, uning so‘zlariga ko‘ra, bu Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikada terrorizmga qarshi kurashda samaradorlikni ta'minlaydi.

Bundan oldingi xabarlarda, NATOga a'zo mamlakatlarning mudofaa xarajatlari miqdori 2016 yilda 10 mlrd dollarga oshgani ma'lum qilingandi.