"Ryonxap" axborot agentligining ma'lum qilishicha, Li Chje Yon mojaroni tergov qilayotgan tergovchilarga rost ko‘rsatmalar berishga va'da bergan. So‘roqqa, shuningdek, Samsung Electronics’ning boshqa rahbarlari ham chaqirtirilganlar.
Li Chje Yon avvalroq 12 yanvarda so‘roq qilingandi va prokuratura uni poraxo‘rlik, talon-tarojlik va yolg‘on ko‘rsatmalar berishda ayblovlar bo‘yicha hibsga olishga ruxsat so‘ragan. Biroq sud bunga ruxsat bermagan.
Janubiy Koreyada korruptsion mojaro matbuotda mamlakatning yirik korporatsiyalari, jumladan Samsung sobiq prezidentning dugonasi Tsoy Sun Silning jamg‘armalariga yirik mablag‘lar kiritish evaziga hukumatning imtiyozlarini olganliklari haqida ma'lumot paydo bo‘lgandan keyin avj olgan. Tsoy Sun Sil hech qanday davlat lavozimlarini egallamay turib, prezident ma'muriyati ishlariga aralashib kelgan va yuqorida aloqalarga egalidigan foydalanib, foyda ko‘rgan.
Tergovchilar Li Chje Yonni u Tsoy Sun Silga 36,3 mln dollarni pora sifatida berganlikda yoki taklif qilganlikda gumon qilmoqdalar. Li Chje Yon pora evaziga ikkita sho‘'ba korxona birlashishiga mamlakatning pensiya sug‘urtalashi davlat jamg‘armasi tomonidan qo‘llab-quvvatlov olmoqchi bo‘lgan. Ta'kidlanishicha, bu bitim Samsung Electronics boshqaruvining kompaniya raisi, hozirda shifoxonada bo‘lgan Li Gin Xidan uning yolg‘iz o‘g‘li Li Chje Yonga "silliq" o‘tishida hal qiluvchi bitim bo‘lgan.











