O‘tgan haftada respublika prokuraturasi 22 soat mobaynida kompaniyaning amaldagi rahbari hisoblangan Li Chje Yonni so‘roq qilgan edi. Sud xabarida aytilishicha, hakam tergov materiallari bilan to‘liq tanishib chiqqach, Samsung bosh menejyerini hibsga olish bo‘yicha asos ko‘rmagan.

Li Chje Yon, 2015 yilda Samsung kompaniyasining Germaniyada ro‘yxatdan o‘tgan firma bilan 18 mln dollardan ortiq mablag‘ga teng shartnoma imzolashiga izn bergan. Germaniya firmasi aslida, Koreya prezidenti Pak Kin Xening dugonasi Tsoy Sun Silga tegishli bo‘lgani aytiladi.