Nashrlar ma'lumotlariga ko‘ra, yo‘lovchilardan 2 nafari samolyotni portlatib yuborish bilan tahdid qilgan. Ularning talablari hozircha ma'lum emas.

The Times of Malta nashrida aniqlik kiritilishicha, Airbus A320 Sabha shahridan mamlakat poytaxti Tripoliga reysni amalga oshirayotgan samolyoti 2 nafar noma'lum shaxs tomonidan olib qochilib, Maltaga qo‘ndirilgan.

Malta bosh vaziri bu haqda xabardor ekanini ma'lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mazkur axborot huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan o‘rganilmoqda.