Klinton homiylarga atalgan tadbirdagi nutqida Rossiya prezidentining saylovlarga shaxsiy aralashuvi yuzasidan ilk izohlarini berdi.
Uchrashuvda bo‘lgan manbalar so‘zlariga ko‘ra, u AQShning saylangan prezidenti Donald Tramp haqida bir og‘iz ham gapirmagan, biroq xakerlik hujumlari uning saylovlardagi mag‘lubiyatiga sabab bo‘lganini ma'lum qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Putin Klintondan qattiq ranjigan. Bu u Rossiyada 2011 yilgi o‘tkazilgan parlament saylovlarini tanqid qilgani sabab yuz bergan ekan.











