The Telegraph nashrining yozishicha, Avstraliyadagi musulmon yetakchilari One4Kids kompaniyasi tomonidan suratga olingan “Peppning cho‘chqachasi” multfilmini qo‘llab-quvvatlashgan. Kartinaning bosh qahramonlari Barakah Hills shahrida yashovchi Abdulloh va uning oilasi etib tasvirlangan.

Bundan tashqari, kompaniya tomonidan ishlangan ushbu multfilm orqali bolalar arab tilini ham o‘rganishlari mumkin bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz: 2014 yilda Buyuk Britaniya musulmonlari “Peppning cho‘chqachasi” multfilmiga qarshi chiqishgan edi. Ular buni “Islomni haqorat qilish”, deb hisoblashgan.