Ta'kidlanishicha, umumiy hisobda 171 nafar deputat rezolyutsiyani qo‘llab-quvvatlagan. Aslida Pak Kin Xe vakolati 2018 yil fevralida yakunlanishi kerak.
Eslatib o‘tamiz, Pak Kin Xening dugonasi Tsoy Sun Silning davlat ishlariga aralashuvi hamda uning korrupsiyada gumon qilinishi sababli Koreya prezidenti atrofida siyosiy mojaro avj olgan edi.
Muxolif partiyalar impichment loyihasi bo‘yicha 9 dekabrda ovoz berishni rejalashtirayotgani xabar qilingan edi.











