Qozog‘iston 16 dekabrda mamlakat mustaqilligining 25 yilligini nishonlaydi. Ushbu bayram munosabati bilan respublikada turli tantanalar o‘tkazilmoqda.
"Qozog‘iston mustaqilligining 25-yilligiga bag‘ishlangan deklaratsiya — juda muhim tarixiy davrga bag‘ishlangan hujjatdir. Ushbu qisqa davr ichidagi barcha natijalar va yutuqlar — millat yetakchisi Nursulton Nazarboyev nomi bilan bog‘liq. Shu bilan birga, bu prezidentga har tomonlama yordam bergan mamlakat birligi natijasidir. Shuning uchun ham, ushbu hujjatni muhokama qilish mustaqillik yubileyining ahamiyatini oshiradi", — degan Qozog‘iston parlamenti quyi palatasi raisi Nurlan Nigmatulin.
Bundan avvalroq, parlament palatalari qo‘shma majlisida, Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrini Nazarboyev sharafiga qayta nomlash taklifi bildirilgani haqida xabar qilingan edi.











