Futbolchi uchun bu 10 sentabrdan beri urilgan birinchi gol bo‘ldi. Hujumchining 937 daqiqa davom etgan 15ta o‘yindan iborat barcha musobaqalardagi golsiz seriyasi barham topdi.

Ushbu golni futbolchi jamoadoshlari Teo Uolkott va Rahim Sterling bilan antiqa usulda nishonladi. Angliyalik futbolchilar Mannequin Challenge fleshmobida ishtirok etib, golni bir joyda qotib turgan holatda nishonlashgan.