Klinton bu yerda 71,63 foiz ovoz, uning asosiy raqibi Donald Tramp esa 24,16 foiz ovoz to‘plagan. Hammasi bo‘lib ovoz berishda 32 mingdan ko‘proq odam ishtirok etgan.

Guamning barcha saylovchilari AQSh fuqaroligiga ega bo‘lsa-da, ularning ovozlari prezidentlik saylovlarida inobatga olinmaydi, chunki Guam AQSh saylovchilari hay'atida vakilga ega emas.

Biroq mahalliy aholi ovoz berish natijalariga ko‘ra 1980 yildan beri prezidentlik saylovlarining g‘olibini bexato aniqlab keladi.