Amirlikda chop etiluvchi Khaleej News nashrining yozishicha, tovushdan tez, vakuumli Hyperloop ("Giperxalqa") poyezdi, nazariy jihatdan soatiga 1200 km tezlikkacha harakatlanishi mumkin. U barpo etilsa, Dubay shahridan BAA poytaxti Abu-Dabigacha bo‘lgan masofani 12 daqiqada ortda qoldirish mumkin. Bu tizimdan yo‘lovchilar va transport vositalarini tashishda foydalaniladi. 

Avvalroq, Dubaydagi jahonning eng yirik port operatorlaridan biri DP World kompaniyasi konteynerlarni tushirishda Hyperloop texnologiyasidan foydalanishga qiziqish bildirgan edi. 

Hyperloop – po‘lat quvurlardan iborat tizim bo‘lib, uning ichiga poyezd, aniqrog‘i aerodinamik "yostiqcha"dagi germatik kapsula joylanadi. G‘oya muallifi – milliarder Ilon Mask hisoblanadi. U Tesla Motors elektromobillar ishlab chiqaruvchi va Space X raketasozlik kompaniyasi asoschisi hamdir.