Erkak topilma haqida darhol Kanada mudofaa vazirligiga xabar bergan. Mahalliy flot vakillari bomba haqidagi xabarni tekshirib ko‘rishga va'da berganlar. Yaqin kunlarda voqea joyiga Kanada harbiy-dengiz kuchlari kemasi yetib keladi, deb yozmoqda Guardian.

Mutaxassislar bomba xavf solishi mumkinligi va uni yuzaga chiqarish kerak-kerakmasligini aniqlashmoqchi.

1950 yil fevralda AQSh harbiy-havo kuchlarining B-36 bombardimonchi samolyoti shu hududda mashg‘ulot parvozini amalga oshirayotganda uning dvigateli yonib ketgan. Shu sababli samolyot ekipaji bortdagi bombani Tinch okeaniga tashlab, o‘zi samolyotni tark etishga majbur bo‘lgan. AQSh harbiy-havo kuchlari ma'lumotlariga ko‘ra, bomba plutoniy zaryadi bilan jihozlanmagan.