Endilikda, internet-korporatsiya platforma xavfsizligi borasida paydo bo‘lgan “tirqish”ni bekituvchi dastur ishlab chiqishini aytmoqda. U 8 noyabrda ommaga havola qilinadi.
Microsoft fishing maktublaridan foydalanilgan holda hujum qilingani haqida so‘z yuritgan. Bu maktublarni Fancy Bear kabi anchagina mashhur Strontium xakerlik guruhi jo‘natgan. Mazkur guruh Rossiya mudofaa vazirligi tashqi razvedka xizmatiga ishlaydi, deb hisoblab kelinadi.
Microsoft korporatsiyasi, shuningdek, o‘z dasturidagi kamchilikka oid batafsil ma'lumot bergani uchun Google kompaniyasiga o‘z noroziligini bildirgan edi.











