Liverpullik 53 yoshli Robert Jyerrard 2014 yilning fevral oyidan beri jazodan yashirinib yurgan edi.
U o‘z advokati yordami bilan o‘zi qo‘lga olingan Manchester shahrida joylashgan jinoyatchilikka qarshi kurashish milliy agentligi vakili bilan uchrashishga muvaffaq bo‘lgan.
Unga kokain giyohvandlik moddasi kontrabandasi bilan shug‘ullanish aybi qo‘yilgan va u noyabr oyida sud qarshisiga keltiriladi.
Bu shu hafta qo‘lga olingan Britaniyada qattiq qidirilayotgan jinoyatchilarning uchinchisidir. Ulardan biri yosh bolalarni zo‘rlashda ayblangan Metyu Semmon va ikkinchisi Ispaniyada qo‘lga olingan, nomusga tegishda ayblangan Muhammad Alamdir.










