Voqea Le-Ke shahriga BMT Bosh kotibi Pan Gi Munning tashrif buyurishi arafasida ro‘y berdi. Kotib o‘z tashrifi vaqtida chiqish qilib boshqa mamlakatlarni Gaiti respublikasi aholisiga insonparvarlik yordamlari ko‘rsatishga chaqirdi.
«Biz Gaiti xalqining sabrsizlik qilganini to‘g‘ri tushunamiz. Ular yordam kutishmoqda. Biz insonparvarlik yordamlari imkon qadar tez yetkazilishi uchun qo‘limizdan kelgancha harakat qilmoqdamiz», — degan BMT bosh kotibi.
Qayd etilishicha, ayni vaqtda Gaitida 1,4 milliondan ortiq kishi gumanitar yordamga muhtoj ahvolda qolmoqda.











