"Olib borilgan tahlillarga ko‘ra, so‘nggi 3 yil mobaynida transport vositasini olib qochish jinoyatlari 65 foizga oshgan. Shu bois, transport vositasini olib qochish jinoyati uchun jazoning sodir etilgan qilmishga mutanosibligini ta'minlash, jinoyat qonunchiligining ogohlantiruvchi-profilaktik funksiyasi samaradorligini oshirish maqsadida Jinoyat kodeksiga tegishli o‘zgartishlar kiritilmoqda", deydi Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo‘mitasi a'zosi Sherzod To‘xtashev.
Qonun loyihasiga ko‘ra, og‘irlashtiruvchi holatlarsiz avtotransport vositasini olib qochganlik uchun 5 yildan 10 yilgacha (amalda – 3-5 yilgacha), bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilgan bo‘lsa 10 yildan 15 yilgacha (amalda – 5-10 yilgacha), uyushgan guruh tomonidan sodir etilgan bo‘lsa 15 yildan 20 yilgacha (amalda – 10-15 yil) ozodlikdan mahrum qilish jazosini belgilash ko‘zda tutilmoqda.
Manba: parliament.gov.uz











